
Askorutin tabletkalari № 10 n1
DentaFill
dan
Rasm - haqiqiy rasmdan farq qilishi mumkin
To‘lov va olish usullari
Xususiyatlar
- turi
- tabletkalar
- Brend
- Dentafill
- miqdori
- 10dona
- retsept
- retseptsizdori
- foydalanish
- erkaklaruchunvitaminlar
Savdo nomi
Askorutin
Tarkibi
1 tabletka tarkibida: askorbin kislotasi (C vitamini) - 50 mg, rutin (P vitamini) - 50 mg.
Tavsif
Askorbin kislotasi va rutinni o'z ichiga olgan kombinatsiyalangan preparat. Rutin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, antioksidant xususiyatlarga ega, askorbin kislotasini oksidlanishdan himoya qiladi, uning ta'sirini kuchaytiradi. Kapillyarlarning o'tkazuvchanligi va mo'rtligini kamaytiradi, qon tomir devorini mustahkamlaydi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini, qon ivishini, to'qimalarning yangilanishini tartibga solishda ishtirok etadi; tananing infektsiyalarga chidamliligini oshiradi.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitamin preparati
Qo‘llanilish ko‘rsatmalari
Qon tomirlarining o'tkazuvchanligi oshishi bilan birga keladigan kasalliklarni kompleks davolashda qo'llaniladi: ko'zning to'r pardasiga qon quyilishi, gemorragik diatez, kapillyarotoksikoz, radiatsiya kasalligi, septik endokardit, revmatizm, glomerolonefrit, allergik kasalliklar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin. Davolash maqsadida kattalarga kuniga 2-3 marta 1 tabletkadan buyuriladi. Davolash kursi davomiyligi kasallikning xarakteri va kechishiga bog'liq. Profilaktika maqsadida kuniga 1-2 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
Yon ta’sirlari
Dispeptik hodisalar, bosh og'rig'i, allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin emas
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tromboz, tromboflebit, trombozga moyillik bo'lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.


