logo
Thumbnail 1
Product

Lebronex siropi 120 ml

Arashan

dan

0 so‘m

1

Rasm – asl mahsulotdan farq qilishi mumkin


To‘lov va qabul qilish usullari

Xususiyatlari

turi
sirop
Brend
Arashan
hajmi
120ml
retsept
retseptbo'yicha
foydalanish
bronxodilatatorlar

Savdo nomi

Lebronex

Tarkibi

5 ml sirop tarkibi: Faol moddalar: Gvayfenesin - 50 mg, Butamirata sitrat - 4 mg. Yordamchi moddalar: Sorbitol, glitserin, natriy benzoat, limon kislotasi, malina aromatizatori, tozalangan suv.

Tavsif

Lebronex - yo'talga qarshi va balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega kombinatsiyalangan preparat. Butamirata sitrat miyadagi yo'tal markaziga ta'sir qilib, yo'talni bostiradi. Gvayfenesin balg'amni suyultiradi va uning ajralishini osonlashtiradi.

Farmakoterapevtik guruhi

Yo'talga qarshi va balg'am ko'chiruvchi vosita

Qo‘llanilish ko‘rsatmalari

Turli etiologiyali quruq yo'talni simptomatik davolash (shamollash, gripp, ko'kyo'tal va boshqa holatlarda).

Qo‘llash usuli va dozalari

3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar: 5 ml dan kuniga 3 marta. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: 10 ml dan kuniga 3 marta. 12 yoshdan katta bolalar va kattalar: 15 ml dan kuniga 3 marta. O'lchov qopqog'idan foydalanib, ichga qabul qiling.

Yon ta’sirlari

Mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, bosh aylanishi, uyquchanlik, teri toshmasi, qichishish, eshakemi. Kamdan kam hollarda - qorin og'rig'i.

Qo‘llash mumkin emas

Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik (I trimestr), laktatsiya davri, miasteniya gravis.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni shifokor bilan maslahatlashmasdan uzoq vaqt davomida qo'llash tavsiya etilmaydi. Transport vositalarini boshqarishda va diqqatni jamlashni va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiladigan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyot bo'lish kerak. Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va batafsil ko'rsatmalarni o'qing.

logo

A5 Apteka
Bizning manzil: Mirobod tumani Chexov ko'chasi Uy-7B

+998 78 555 64 20a5apteka.uz@gmail.com
Ish jadvali
-8:00 dan 23:00 gacha, dam olishsiz
To‘lov usullari: