logo
Thumbnail 1
Product

Vraggripp burun tomchilari 0,1% 10ml

Isshaan Healthcare

dan

0 so‘m

1

Rasm - haqiqiy rasmdan farq qilishi mumkin


To‘lov va olish usullari

Xususiyatlar

turi
tomchilar
Brend
IsshaanHealthcare
hajmi
10ml
retsept
OTC
qo'llanilishi
quloqtomoqvaburun

Savdo nomi

Vraggripp burun tomchilari 0,1%

Tarkibi

Ta'sir etuvchi modda: ksilometazolin gidroxloridi 0,1%. Yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy fosfat dodekagidrati, tozalangan suv.

Tavsif

Shaffof rangsiz eritma. Ksilometazolin alfa-adrenomimetik ta'sir ko'rsatadi, burun shilliq qavatining qon tomirlarini toraytiradi, shu bilan burun va burun-halqum shilliq qavatining shishishi va giperemiyasini kamaytiradi. Rinitda burun nafasini yengillashtiradi.

Farmakoterapevtik guruhi

Dekonjestant - alfa-adrenomimetik

Qo‘llanilish ko‘rsatmalari

Rinit (tumov) belgilari bilan o'tkir respirator kasalliklar; o'tkir allergik rinit; sinusit; evstaxiit; o'rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishishini kamaytirish uchun). Burun yo'llarida diagnostika manipulyatsiyalariga bemorni tayyorlash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Intranazal. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: har bir burun yo'liga 2-3 mahal 1-2 tomchidan. 7 kundan ortiq qo'llanilmasin. Ishlatilgandan so'ng flakonni mahkam yopish kerak.

Yon ta’sirlari

Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez - burun shilliq qavatida achishish va quruqlik hissi, aksirish; tez-tez emas - burundan qon ketishi; kamdan-kam hollarda - burun shilliq qavatining shishishi, burundan ajralmalarning kuchayishi. Nerv tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - bosh og'rig'i, qon bosimining oshishi, taxikardiya, uyqusizlik, ko'rishning buzilishi, depressiya (yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda). Allergik reaktsiyalar: kamdan-kam hollarda - qichishish, toshma, Kvinke shishi.

Qo‘llash mumkin emas

Ksilometozolin yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; arterial gipertenziya; taxikardiya; yaqqol ateroskleroz; glaukoma; atrofik rinit; miya pardalarida jarrohlik aralashuvlari (anamnezda); 6 yoshgacha bo'lgan bolalar. Homiladorlik paytida qo'llanilmasin. Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan dozalardan oshmaslik va preparatni shifokor bilan maslahatlashmasdan uzoq vaqt (7 kundan ortiq) qo'llash kerak emas. Uzoq muddatli yoki juda tez-tez ishlatish odatlanib qolishga va burun shilliq qavatining atrofiyasiga olib kelishi mumkin.

logo

A5 Apteka
Bizning manzil: Mirobod tumani Chexov ko'chasi Uy-7B

+998 78 555 64 20a5apteka.uz@gmail.com
Ish vaqti
-8.00 dan 23.00 gacha, dam olish kunlarisiz
To'lov turlari: